Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Bolgariyada Ukraina avtobusi halokatga uchradi: Qurbonlar va jarohatlanganlar bor

Bolgariyada Ukraina avtobusi halokatga uchradi: Qurbonlar va jarohatlanganlar bor

Bolgariyada Ukrainaga tegishli bo‘lgan avtobus ishtirokida yuz bergan baxtsiz hodisa natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, yana to‘qqiz kishi jarohatlandi. Bu haqda Bolgariya milliy televideniyesi xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus Bolgariya-Turkiya chegarasi yaqinidagi «Malko-Tirnovo» nazorat-o‘tkazish punkti hududida yoqilg‘isiz qolgan. Haydovchi harakatga xalaqit bermaslik uchun transport vositasini yo‘l chetiga (kyuvetga) chiqargan. Biroq yoqilg‘i quyilganidan so‘ng, avtobus to‘satdan orqaga harakatlanishni boshlagan va ag‘darilib ketgan.

«Jarohatlanganlar Burgas shahridagi shifoxonaga yotqizildi. Avtobusda jami 37 nafar yo‘lovchi — asosan ayollar va bolalar, shuningdek, ikki nafar haydovchi bo‘lgan», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, sayyohlar Odessadan Istanbul shahriga turistik safar uyushtirish maqsadida yo‘lga chiqishgan edi. Hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 18:37. O'qildi: 263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!