"Niqobli ikki kishi SpaceX kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldoshlari bilan aloqa o‘rnatish uchun mo‘ljallangan 17 ta antennasidan 11 tasini yoqib yubordi," - dedi "Ha, Bolgariya" uyushmasi deputati Ivaylo Mirchev.
Siyosatchining ta’kidlashicha, yo‘q qilingan terminallar sun’iy yo‘ldoshlar bilan asosiy aloqani ta’minlagan va Ukrainani ham aloqa bilan ta’minlagan.
Sentyabr oxirida Polshada Ukrainanini internet bilan ta’minlaydigan Starlink yer stansiyasiga hujum uyushtirilgan edi.
Polsha prokuraturasi va huquq-tartibot idoralari bu ishni tergov qilish bilan shug‘ullangan, keyinroq Germaniya polisiyasi Varshavaning iltimosiga binoan Polsha ob’ektini yoqishga aloqadorlikda gumon qilingan ikki nafar Turkiya fuqarosini hibsga olgan.