Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-prosessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslar hamda qator qonun hujjatlariga bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari uchun javobgarlik choralarini keskin kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ko‘zda tutilgan.
Qonun loyihasi 29 sentyabr kuni o‘tkaziladigan quyi palataning navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladi.