Bugun 29 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Bolalar va katta yoshdagilarning qo‘shimcha ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi

Bolalar va katta yoshdagilarning qo‘shimcha ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi

Qonun (O‘RQ–1091-son, 23.10.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

🔰 Qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, qo‘shimcha ta’lim quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:

➖ bolalar uchun qo‘shimcha ta’limni;

➖ katta yoshdagilar uchun qo‘shimcha ta’limni.

✅ Bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirish, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida amalga oshiriladi.

🔗 Bunda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda bolalar uchun qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.

✔️ Katta yoshdagilar uchun qo‘shimcha ta’lim ularning ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish, qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarni egallashiga ko‘maklashish uchun tashkil etiladi.

📌 Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritildi: 10:17 24.10.2025. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!