Namanganda 13 yoshli bola transformator ustida tok urishi oqibatida vafot etganidan so‘ng Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, bola gilos yeyish maqsadida yuqori kuchlanishli transformator ustiga chiqqan vaqtda tok urib, og‘ir jarohat olgan va keyinchalik vafot etgan.
Qarindoshlar transformator atrofi xavfsizlik talablariga javob bermaganini, hudud o‘ralmagani va ayrim simlar ochiq bo‘lganini bildirgan.
Bolalar ombudsmani barcha hududlarda elektr qurilmalari xavfsizligi ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qildi.
⚖️ Hozirda holat yuzasidan prokuratura tekshiruv olib bormoqda.