Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Bola nega ayrim so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmaydi?

Bola nega ayrim so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmaydi?

✅ Bola ulg‘aygani sari nutqi ham parallel rivojlanib boradi. Biroq hamma “tili chiqqan” kichkintoylar ham barcha so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmaydi.
❓Xo‘sh, bu qanday omillar bilan bog‘liq?

👨‍⚕️Ushbu savolga tibbiyot fanlari doktori Abduazim Yuldashev javob berdi.

🗣 — Kichik yoshdagi bolalar orasida uchraydigan nutq buzilishi bilan bog‘liq muammolarga ko‘pincha tashqi omillar yoki ota-onalarning e’tiborsizligi sabab bo‘ladi, — deydi mutaxassis.

👨‍👩‍👧‍👦 — Dislaliya – nutq buzilishining keng tarqalgan turi bo‘lib, bunda kichik yoshli o‘g‘il-qizlar ayrim tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmaydi. Yoki bir tovushni ikkinchisiga almashtirib, ba’zida uni o‘tkazib yuboradi.

🔘 Asosan 3-4 yoshli kichkintoylarda uchraydigan bu kabi nutq buzilishida bola o‘z istaklarini to‘liq va aniq bayon eta olsa-da, ba’zi so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qiladi. Masalan “mashina” so‘zini “matina”, “shirinlik” so‘zini esa “tirinlik” deb aytishi mumkin.

✅ Dislaliyaning 2 xil – funksional va mexnik turlari bor. Mexanik turiga asosan bola og‘zidagi nutq apparatida (tishlar joylashuvi, jag‘lar shakli) kamchiliklar, tanglayning tartibsiz tuzilishi, qalin lablar sabab bo‘ladi.

📌 Funksional dislaliyani esa bolaning o‘tkir kasalliklarni boshdan kechirganligi, oilada ikki tilda so‘zlashish, farzand nutqini noto‘g‘ri tarbiyalash, u bilan kam suhbatlashish, kichkintoy bilan gaplashganda so‘zlarni “bolalarcha” talaffuz qilish va unda fonemik eshitishning yaxshi rivojlanmaganligi kabi omillar keltirib chiqaradi.

👩‍⚕️ Mexanik dislaliya tashxisi qo‘yilgan bolani ortodont va logoped mutaxassislar birgalikda davolashi lozim. Buning uchun kichkintoyga og‘iz orqali bajariladigan maxsus mashg‘ulotlar tavsiya etiladi. Ayrim vaqtlarda esa shifokor ko‘rsatmasi bilan jarrohlik amaliyoti qo‘llaniladi.

📎 Funksional dislaliya 5 yoshgacha davolanmaydi. Agar bola shu davrga qadar ba’zi so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilayotgan bo‘lsa, u bilan to‘g‘ri va ravon so‘zlashish orqali muammoni bartaraf etish mumkin. Bunda kichkintoyga she’r yodlatish, qo‘shiqlar eshittirish yaxshi foyda beradi. Biroq bola 5 yoshga to‘lgach ham “quyosh” so‘zini “quyos” deyayotgan bo‘lsa, uni, albatta, shifokorga ko‘rsatish zarur.

🤔 Mazkur holatda logoped jajji bemorga og‘iz mashg‘ulotlarini o‘rgatish va talaffuz qila olmayotgan tovushlarni to‘g‘ri aytishga ko‘maklashadi. Ya’ni maxsus logopedik yo‘llar bilan bu tovushlarni kichkintoy nutqida mustahkamlaydi.

‼️Shuningdek, bola nutqini rivojlantirishda og‘iz mushaklarini kuchaytirish yaxshi samara beradi. Buning uchun kichkintoyga sabzi, olma, qotgan non yoki turshak kabi yeguliklar berilsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.

Kiritildi: 21:45 17.08.2025. O'qildi: 811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!