Niderlandiyada boks bo‘yicha "Eindhoven cup" turniri o‘tkazilmoqda. Bugun musobaqada yarim final janglari tashkil etiladi.
Ahamiyatlisi, turnirda qatnashayotgan 3 nafar O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining barchasi ushbu bosqichga yetib kelgan. Bugun hamyurtlarimiz final yo‘llanmasi uchun quyidagi raqiblarga qarshi jang qilishadi:
-60 kg: Abdumalik Xalokov — Mahmud Al Chabtun (Niderlandiya)
-70 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Nabi Isgandarov (Ozarbayjon)
-90 kg: To‘rabek Habibullayev — To‘gambay Sagindik (Qozog‘iston)