Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Bokschilarimiz “Eindhoven cup” turnirida 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi

Bokschilarimiz “Eindhoven cup” turnirida 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi

Niderlandiyada boks bo‘yicha “Eindhoven cup” turniri yakuniga yetdi. Xabar berganimizdek, musobaqada ishtirok etgan 3 nafar O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi chempionlik uchun ringga ko‘tarildi.

Hamyurtlarimizdan Abdumalik Xalokov (-60 kg) va To‘rabek Habibullayev (-90 kg) final janglarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, oltin medalga ega chiqishdi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-70 kg) esa turnirni kumush medal bilan yakunladi.

Qayd etish joiz, musobaqa davomida yorqin janglari bilan ajralib turgan Abdumalik Xalokov “Turnirning eng yaxshi erkak bokschisi” deb topildi.

Oltin medal
-60 kg: Abdumalik Xalokov
-90 kg: To‘rabek Habibullayev

Kumush medal
-70 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev

Kiritildi: 11:30 10.06.2025. O'qildi: 602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!