Iroq poytaxti Bog‘dodda polisiya bilan Oyatulloh Ali Homanaiy tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi.
“Hizbulla” bayroqlari bilan jam bo‘lgan guruh Bog‘dod markazidagi yashil zonaga kirib, AQSh elchixonasi binosiga hujum qilishga urinishgan.
Yashil zonada xorijiy va davlat tashkilotlari joylashgani uchun polisiya ommaga nisbatan kuch ishlatishga majbur bo‘lgan va natijada tomonlar o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga kelgan.
Hozircha ushbu to‘qnashuvning oqibatlari va qurbonlar haqida rasman ma’lumot berilmagan.