O‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov navbatdagi jangida sobiq chempionga qarshi oktagonga ko‘tarilishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, hamyurtimiz sobiq chempion, ayni paytda yarimog‘ir vazn toifasi reytingida 5-o‘rinda turgan polshalik Yan Blaxovichga qarshi jang o‘tkazishi mumkin.
Bogdan Guskov hozirda to‘rtta muddatidan oldin g‘alabali seriyaga ega. Reytingda ayni paytda 10-o‘rinni egallab turibdi.