"Gor MMA" zali asoschisi va murabbiyi Gor Azizyan UFC jangchisi, hamyurtimiz Bogdan Guskovning yarim og‘ir vazndagi imkoniyatlarini baholadi.
"Bogdanning imkoniyati ancha yuqori. Chunki u mazkur diviziondagi eng kuchli zarbaga ega jangchilardan biri. Guskov bir zarb bilan Aleks Perreyra va Magomed Ankalayevni butunlay o‘chirib qo‘yishi mumkin", – dedi Azizyan "Chempionat" muxbiri Maksim Yakovlevga bergan eksklyuziv intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Guskov 10 may kuni "UFC 329" turnirida Yan Blaxovichga qarshi oktagonga ko‘tarilishi kerak edi, biroq ushbu bahs polshalikning jarohat olgani bois so‘roq ostida turibdi. Vakilimizga ehtimol, boshqa raqib berilishi mumkin.