Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 04.03.2025-yildagi ijro hujjatiga asosan javobgar Beruniy tumanidagi 16-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga shu tashkilotda qorovul bo‘lib ishlagan da’vogar R.Z.ni ishga tiklash va uning ishsiz yurgan davri uchun 5 mln. 653 ming so‘m to‘lab berish majburiyati yuklatilgan.
Shunga qaramasdan javobgar tomonidan ushbu sud qarori ijrosi ta’minlanmaganligi sababli da’vogar R.Z.Maburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limiga sud qarori ijrosini ta’minlab berishni so‘rab murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Byuroning Beruniy tuman bo‘limi tomonidan darhol ijro harakatlariga kirishilib, javobgar tashkilot rahbariga sud qarori ijrosini ta’minlamaslik qonunda belgilangan javobgarlikka asos bo‘lishi haqida ogohlantirish berilgan.
Shuning natijasida da’vogar R.Z. “Beruniy tumanidagi 16-sonli ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti” DM rahbarining 28.03.2025-yilgi buyrug‘iga asosan o‘zining avvalgi ish o‘rniga qayta ishga tiklangan va unga ishsiz yurgan davri uchun 5 mln. 653 ming so‘m to‘lab berilgan.