“BMW” avtokompaniyasi ulkan yo‘qotish arafasida turibdi.
Shirkat Buyuk Britaniyadan 300 mingga yaqin avtomobilni ortga qaytarishga majbur bo‘ldi. Bunga sabab qilib esa elektrotizimning jiddiy nosozligi ko‘rsatilmoqda. Bunday nosozlik harakat vaqti butun tizimni ishdan chiqarishi, hatto jiddi muammolarga olib kelishi ham mumkin.
“Men mashinamda uyga qaytayotgandim. Soatiga 100 km tezlik edi, adashmasam, katta shosseda edim. Birdan boshqaruv ishdan chiqdi, motor sensorining indikatori yondi. Shunda bildimki, tamom bo‘ldim”, — deydi avtofalokatdan omon qolgan shikoyatchilardan biri.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili nemis avtokompaniyasi 36 mingga yaqin avtomobilni qaytarib olishga majbur bo‘lgandi.