Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

BMT Xavfsizlik Kengashi 20 iyun kuni Yaqin Sharq va Ukraina bo‘yicha ikkita yig‘ilish o‘tkazadi

BMT Xavfsizlik Kengashi 20 iyun kuni Yaqin Sharq va Ukraina bo‘yicha ikkita yig‘ilish o‘tkazadi

20 iyun, juma kuni BMT Xavfsizlik kengashida Eron va Isroil o‘rtasidagi taranglik va Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha ikkita yig‘ilish bo‘lib o‘tadi, deb yozadi TASS.

“Eron iltimosiga ko‘ra uchrashuv juma kuni soat 10:00 da, Ukraina masalasi bo‘yicha yig‘ilish esa 15:00da bo‘lib o‘tadi”, – dedi jurnalistlarga iyun oyida BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qilayotgan Gayana mamlakatining doimiy vakili.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xavfsizlik kengashi 13 iyun kuni Yaqin Sharqdagi vaziyat bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan edi. Shu kuni Isroil Eron yadroviy dasturiga qaratilgan “Qayta uyg‘ongan arslon” operasiyasini boshlagan edi.

Shuningdek, yaqinda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) boshqaruvchilar kengashi Eron 20 yil ichida birinchi marta o‘z majburiyatlarini buzganini tasdiqlovchi rezolyusiyani qabul qilgan edi. Hujjatda aytilishicha, 2019 yildan beri Eron o‘zining yadroviy materiallari va deklarasiya qilinmagan ob’ektlardagi faoliyati haqida to‘liq va o‘z vaqtida ma’lumot bermagan. Bu majburiyatlarning rasmiy buzilishi, lekin harbiy dastur mavjudligini anglatmaydi.

Kiritildi: 20:15 19.06.2025. O'qildi: 438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!