Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

BMT Ukrainada tinchlikni qo‘llab-quvvatlovchi rezolyusiyani qabul qildi, O‘zbekiston ovoz berishda betaraf qoldi

BMT Ukrainada tinchlikni qo‘llab-quvvatlovchi rezolyusiyani qabul qildi, O‘zbekiston ovoz berishda betaraf qoldi

BMT Bosh Assambleyasi Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Ukrainada tinchlikni qo‘llab-quvvatlash haqidagi rezolyusiyani qabul qildi. “Ukrainada barqaror tinchlikni qo‘llab-quvvatlash” deb nomlangan rezolyusiya uchun 107 davlat ovoz berdi, 12 davlat qarshi chiqdi, 51 mamlakat betaraf qoldi.

Rossiya, Belarus, Burkina-Faso, Burundi, Kuba, Shimoliy Koreya, Eritreya, Eron, Mali, Niger, Nikaragua va Sudan unga qarshi ovoz berdi.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston 51 ta betaraf davlat qatoridan joy oldi. Turkmaniston esa ovoz berishda umuman ishtirok etmadi.

Rezolyusiya matnida Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligi qo‘llab-quvvatlanishi bildirilgan. AQSh loyiha matnidan aynan suverenitet va hududiy yaxlitlik, shuningdek BMT Nizomiga oid ikki bandni olib tashlashni taklif qilgan edi. Biroq davlatlar AQSh taklifi bo‘yicha ovoz berishni rad etgan va rezolyusiya dastlabki ko‘rinishda qabul qilindi.

Kiritildi: Bugun 12:55. O'qildi: 442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!