Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Qora dengiz tashabbusi bo‘yicha Saudiya Arabistonida Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda erishilgan muzokaralar va kelishuvlarni olqishlaydi.
Bu haqda bosh kotibning rasmiy vakili Stefan Dyujarrik bayonotida aytiladi.
"Fuqaro kemalari va port infratuzilmasini himoya qilish uchun Qora dengizda suzish erkinligi to‘g‘risida bitim tuzish Ukraina va Rossiya Federasiyasidan jahon bozorlariga savdo yo‘llari muhimligini ko‘rsatib, global oziq-ovqat xavfsizligi va ta’minot zanjiriga muhim hissa bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Dyujarrikning so‘zlariga ko‘ra, BMT bosh kotibi 2024 yil 7 fevralda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga Qora dengizda xavfsiz va erkin navigasiyani ta’minlash taklifi bilan yo‘llagan maktublaridan so‘ng, BMT bu yo‘nalishda izchil ish olib bormoqda.
"Bosh kotib barcha tinchlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun vositachilik xizmatlarini ko‘rsatishga tayyor. U bunday sa’y-harakatlar barqaror o‘t ochishni to‘xtatishga olib keladi va Ukrainada adolatli, keng qamrovli va mustahkam tinchlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shishiga umid bildiradi", - dedi BMT Bosh kotibi vakili.