"Tolibon" dushanba kuni o‘z bayonotida, BMT vakillari bosh vazir o‘rinbosari Abdul Salom Xanafiy bilan uchrashuvda Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlardan, ayniqsa Erondan qaytib kelayotgan migrantlarni qo‘llab-quvvatlash uchun favqulodda mablag‘ sifatida 10 million dollar ajratilganini ma’lum qildi.
Amu.tv xabar berishicha, BMTning Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash missiyasi (MOONSA) va BMT qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissiyasi (UVKB) vakillaridan tashkil topgan birgalikdagi delegasiya Kabulda Xanafiy bilan uchrashdi. Delegasiyaga MOONSA rahbari Roza Otunbayeva va UVKBning Afg‘onistondagi vakili Arafat Jamol kirdi.
Ajratilgan yordam asosan qiyin sharoitlarda kelayotgan oilalarni turar joy, tibbiy yordam, oziq-ovqat va psixososial qo‘llab-quvvatlash bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi.
MOONSA va UVKB hozircha uchrashuv haqida rasmiy bayonot bergani yo‘q.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 1 iyundan buyon Erondan qariyb yarim million migrant deportasiya qilingan.