BMT Bosh Assambleyasi prezidenti Annalena Berbok eng yirik donor Qo‘shma Shtatlarni tashkilotga bo‘lgan qarzini to‘liq to‘lashga chaqirdi.
Reuters agentligi xabar berishicha, AQSh hukumatining so‘nggi to‘lovi umumiy qarzning 5% dan kamrog‘ini tashkil etdi - 4 milliard dollardan ortiq mablag‘ning taxminan 160 million dollari.
Bosh kotib tashkilot to‘lanmagan badallar tufayli "yaqinlashib kelayotgan moliyaviy tahdid"ga duch kelishi haqida ogohlantirdi.
"Har bir a’zo davlat o‘z badalini to‘liq va o‘z vaqtida to‘lashi shart va 160 million dollar aniq to‘liq miqdor emas", dedi Berbok.