Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

BMT: Isroilning Livandagi ayrim zarbalari harbiy jinoyat bo‘lishi mumkin

BMT: Isroilning Livandagi ayrim zarbalari harbiy jinoyat bo‘lishi mumkin

Isroilning Livandagi turar joy binolari, ko‘chirilgan aholi va tibbiyot xodimlariga qarshi havo zarbalari xalqaro huquq nuqtai nazaridan jiddiy xavotir uyg‘otmoqda va harbiy jinoyat sifatida baholanishi mumkin. Bu haqda BMT Inson huquqlari boshqarmasi ma’lum qildi.

Isroil harbiylari Livan hududiga zarbalarni Hizbulloh guruhi tomonidan Isroilga raketa hujumlari boshlanganidan so‘ng amalga oshirmoqda. Ushbu guruh Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi aytilgan.

Livan rasmiylariga ko‘ra, Isroil zarbalari natijasida kamida 886 kishi halok bo‘lgan, 1 milliondan ortiq inson esa o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

💬 «Isroil aviasiya zarbalari zich aholi yashaydigan hududlarda butun turar joy binolarini yo‘q qilmoqda. Ko‘p hollarda bir oiladan bir necha kishi, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘lmoqda», — dedi Jenevada jurnalistlarga BMT vakili Tamin al-Xitan.

Isroil harbiylari bu bayonotlarga hozircha izoh bermagan. Avvalroq esa ular zarbalar Hizbulloh infratuzilmasiga qarshi qaratilganini bildirgan edi.

Kiritildi: Bugun 18:58. O'qildi: 347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!