BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk Isroil hukumatining G‘azo sektorida to‘liq harbiy bosib olish rejasini zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda xorijiy OAVga tayangan holda Report nashri xabar berdi.
«G‘azo shahrini nazoratga olish va bir paytda gumanitar yordamni janglardan tashqari hududlarda tarqatish rejasi Xalqaro sud qaroriga zid keladi», — dedi Tyurk.
Unga ko‘ra, Isroil harbiy operasiyalar o‘rniga sektorga to‘liq va to‘siqsiz gumanitar yordam yetkazilishini ta’minlashi shart, falastinlik qurolli guruhlar esa garovdagilarni shartsiz ravishda ozod etishi lozim.