BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Kambodja va Tailand o‘rtasidagi chegara mojarosidan xavotirda va tomonlarni vazminlikka chaqirdi.
Bu haqda jahon tashkiloti rahbari rasmiy vakili o‘rinbosari Farxon Haq brifingda ma’lum qildi.
"Bosh kotib Kambodja va Tailand chegarasidagi qurolli to‘qnashuvlarni xavotir bilan kuzatib bormoqda. Bosh kotib har ikki tomonni maksimal darajada vazminlikka va kelishmovchiliklarni muloqot orqali hal qilishga chaqiradi", - dedi u.