Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

BMT Bangladeshdagi rohinja qochqinlariga yordam berish uchun qariyb 1 milliard dollar talab qilmoqda

BMT Bangladeshdagi rohinja qochqinlariga yordam berish uchun qariyb 1 milliard dollar talab qilmoqda

BMT Bangladeshdagi rohinja qochqinlari va mezbon jamoalariga hayotni saqlab qolish uchun 934,5 million dollar talab qildi.

BMT xabar berishicha, ushbu murojaat 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan Rohinja inqiroziga javob berish bo‘yicha ikki yillik rejaning bir qismidir.

Tashkilotning qayd etishicha, moliyalashtirishning qisqarishi va global inqirozlar vaziyatni murakkablashtirib, 1,5 millionga yaqin odamni og‘ir ahvolda qoldirmoqda.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bir millionga yaqin rohinja Bangladeshdagi gavjum lagerlarda istiqomat qiladi, ularning aksariyati 2017 yilda qo‘shni Myanmadan qochib ketgan.

Xalqaro Migrasiya Tashkiloti (XMT) rahbari Emi Poup Jenevada so‘zlagan nutqida, chet el yordamlarining qisqarishi odamlar hayotini xavf ostiga qo‘yishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qochqinlar to‘liq gumanitar yordamga bog‘liq bo‘lib qolmoqda va uning etishmasligi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Avvalroq BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Koks-Bazar tumanidagi rohinjalar lagerlariga tashrif buyurib, qurbonlar bilan birdamlik bildirgan edi.

Kiritildi: 23:50 24.03.2025. O'qildi: 569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!