BMT Afg‘onistonda yuz bergan zilzila qurbonlariga yordam berish uchun Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish markaziy jamg‘armasidan (CERF) 5 million dollar ajratdi.
Bu haqda jahon tashkiloti bayonotida aytiladi.
“BMT Bosh kotibi Afg‘oniston xalqi bilan birdamligini, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiradi va jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi”, — deyiladi hujjatda. - BMT va Afg‘onistondagi hamkorlarimiz ehtiyojlarni tezkorlik bilan baholash, shoshilinch yordam ko‘rsatish va qo‘shimcha yordamni jalb qilishga tayyor bo‘lish uchun de-fakto rasmiylar bilan muvofiqlashmoqda. BMT va uning hamkorlari favqulodda so‘rov tayyorlamoqda (yordam uchun mablag‘ yig‘ish uchun), CERFdan 5 million dollar ajratilgan".
Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’kidlashicha, insonparvarlik ehtiyojlari uchun joriy moliyalash yetarli emas va Bosh kotib "bu fojiaga tezda javob berish uchun qo‘shimcha resurslarni talab qiladi".