Bu haqda NASA rahbari Jared Ayzekman ma’lum qildi.
Blue Origin kompaniyasining og‘ir New Glenn raketasi o‘tgan hafta Floridadagi uchirish maydonchasida sinov chog‘ida portlab ketdi. Amerikalik milliarder va Amazon asoschisi Jeff Bezosga tegishli Blue Origin kompaniyasi SpaceX'ga raqobat ko‘rsatish uchun New Glenn'ni o‘ta og‘ir tashuvchi raketa darajasigacha modernizasiya qilishni rejalashtirgan edi.
NASA rahbarining qo‘shimcha qilishicha, vaziyat Blue Origin’da zaxira uchirish majmuasi yo‘qligi bilan murakkablashmoqda.
Kaliforniyadagi Vandenberg Kosmik kuchlari bazasida joylashgan ikkinchi maydoncha esa hali rivojlanish bosqichida.