Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Bloomberg'ning milliarderlar reytingidagi 20 nafar rossiyalikni boyligi 22 milliard dollarga oshdi

Bloomberg'ning milliarderlar reytingidagi 20 nafar rossiyalikni boyligi 22 milliard dollarga oshdi

Bloomberg Billionaires Index reytingiga ko‘ra, rossiyaliklar orasida eng boy shaxs Aleksey Mordashov (“Severstal” va "Nordgold" oltin qazib olish kompaniyasi egasi) hisoblanib, uning boyligi 29,9 milliard dollarni tashkil etadi. U ro‘yxatda 81-o‘rinni egallab turibdi va 2026 yil boshidan buyon boyligi 3,66 milliard dollarga ko‘paydi.

Rossiyaliklar orasida boyligi eng ko‘p o‘sgan shaxs Andrey Melnichenko (“Evroxim” kompaniyasi egasi) bo‘ldi. Yil boshidan buyon uning aktivlari qiymati 5,63 milliard dollarga oshib, 24,6 milliard dollarga yetdi. Melnichenko ro‘yxatda 104-o‘rindan joy olgan.

Bloomberg Billionaires Index reytingining birinchi o‘rnida esa 735 milliard dollar boylik bilan biznesmen Ilon Mask turibdi.

Kiritildi: Bugun 09:16. O'qildi: 268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!