O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan reklamalar qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
🔎 Tekshiruvlarda ayrim blogerlar bukmekerlik va qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi videolarni joylashtirgani aniqlandi.
Jumladan:
➖ bloger F.Shirinboyeva (@clemenskoelpin);
➖ bloger D.Baxtiozin (@mjova41, @Damirrxon).
📄 Holat yuzasidan ma’muriy choralar ko‘rilib, materiallar sudga yuborildi.
‼️ Eslatma: O‘zbekistonning “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni reklama qilish taqiqlanadi. Qonunbuzarlik javobgarlikka sabab bo‘ladi.