Xalqaro futbol federasiyasining sobiq prezidenti Yozef Blatter Norvegiya futbol assosiasiyasi prezidenti Lize Klavenessni FIFA rahbari lavozimiga nomzod sifatida taklif qildi.
«Klaveness maksimal darajada hurmatga loyiq. U har doim aniq pozisiyani egallagan va meynstrimga ergashmagan yagona inson. FIFAni ayol kishi boshqaradigan vaqt keldi», — deb yozdi Blatter.
Klaveness 2022 yildan buyon Norvegiya futbol assosiasiyasi prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.