Agentlikning yozishicha, Qo‘shma Shtatlarda joylashgan dunyodagi eng yirik investisiya jamg‘armasi BlackRock'ni AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina masalasidagi bilan bog‘liq noaniq harakatlari tashvishga solmoqda. Shu sababli BlackRock Ukrainani tiklash jamg‘armasi uchun investorlar qidirishni to‘xtatdi. Ushbu jamg‘arma 10-11 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan konferensiyada taqdim etilishi rejalashtirilgan edi.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiya allaqachon BlackRock tashabbusiga muqobil yangi jamg‘arma tashkil etishni ko‘zda tutuvchi reja ustida ish olib bormoqda. Biroq AQSh ishtirokisiz bu rejaning qanchalik samarador bo‘lishi hozircha shubha ostida qolmoqda.
Avvalroq BlackRock vise-prezidenti Filipp Hildebrand ushbu jamg‘armaga hukumatlar, xalqaro rivojlanish banklari va boshqa davlat donorlaridan 500 million yevrodan ortiq mablag‘ jalb qilish, shuningdek, xususiy investorlar tomonidan 2 milliard yevrodan ko‘proq sarmoya kiritishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi.