Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

“Bizga oilalar kerak emas” — Rossiya migrasiyaga kel, ishla va ket degan tamoyil bo‘yicha yondashmoqchi

“Bizga oilalar kerak emas” — Rossiya migrasiyaga kel, ishla va ket degan tamoyil bo‘yicha yondashmoqchi

Rossiya xorijlik ishchilarni jalb qilish bo‘yicha yondashuvini o‘zgartirib, qaytish migrasiyasi modeliga o‘tmoqda. Bu haqda Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov ma’lum qildi .

“Agar biz ishchi kuchi tanqisligi sharoitida rivojlansak, aniqki, sharoitdan kelib chiqib, biz migrantlarni jalb qilishimiz kerak bo‘ladi. Ha, albatta, kerak. Ammo biz hali boshlagan jarayonni yakunlashimiz kerak – migrasiyaga: kel, ishla va ket degan tamoyil bo‘yicha yondashamiz. Hammasi adolatli: odamlar boshqa mamlakatlardan keladi, pul topadi, maosh oladi va ketadi. Bu yerda bizga oilalar kerak emas va hech kim (maktablarda) dars berishga majbur emas. Shunday qilib, bu jarayon qurilmoqda, lekin menimcha, hech kim uzoq muddatli migrasiyaga jiddiy tayanishga tayyor emas”, dedi vazir.

Vazir, shuningdek, hozir asosiy vazifa mahalliy aholining mehnat unumdorligini oshirish ekanini ma’lum qildi. Maksim Reshetnikov buning uchun maxsus loyiha ishlab chiqilganini eslatib o‘tdi, u iqtisodiyotning imkoniyatlarini ham hisobga oladi.

Kiritildi: Bugun 14:42. O'qildi: 533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!