Zelenskiy Ukraina uchun Isroilga berilganiga o‘xshash xavfsizlik kafolatlari zarurligini aytdi.
Ukraina prezidenti bu haqda NBC News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Zelenskiy o‘tgan yili Erondan Isroilga uyushtirilgan raketa hujumini eslab, uni qaytarishda AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya va Iordaniya kabi davlatlar ishtirok etganini ta’kidladi.
"Isroil NATO a’zosi emas. Ittifoqchi mamlakatlarning Eron raketalarini yo‘q qilgani yaxshi. Bu Isroilga xavfsizlik kafolatlari berilganini anglatadi. Isroilda AQSH, Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa ittifoqchilarning aniq xavfsizlik kafolatlari bor. Bizga ham shunday kafolatlar judayam zarur", – deya fikr bildirdi Ukraina rahbari.
Zelenskiy boshqa kafolatlar qatorida “qudratli qurol-yarog‘ paketi” – Ukrainada joylashtiriladigan raketalar hamda agar Kiyev NATO'ga qo‘shilmasa, Rossiya armiyasiga teng keladigan ko‘p sonli qo‘shin zarurligini qayd etdi.