Kit Kellogning aytishicha, 28 banddan iborat tinchlik rejasi hali ham takomillashtirilmoqda, ammo bitimning asosiy qismi allaqachon shakllangan.
"Rossiya-Ukraina urushiga chek qo‘yish bo‘yicha Qo‘shma Shtatlarning tinchlik rejasi muhokamalarni talab qiluvchi ajoyib rejadir", — dedi Trampning maxsus vakili.
Uning aytishicha, hujjatda yanada yaxshiroq yoritilishi va tushuntirilishi zarur bo‘lgan jihatlar bor.
"Rejada xavfsizlik kafolatlari ham o‘z aksini topadi. AQSh Budapesht memorandumi va Minsk kelishuvlaridagi xatolar takrorlanmasligi uchun asosiy kafolatchiga aylanishi lozim bo‘ladi", — deya qo‘shimcha qildi Kellog.