Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

«Biz sizni uyatga qoldirdik»: Bellingem «Real» muxlislaridan uzr so‘radi va va’da berdi

«Biz sizni uyatga qoldirdik»: Bellingem «Real» muxlislaridan uzr so‘radi va va’da berdi

«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoa Chempionlar ligasini tark etganidan so‘ng o‘z ijtimoiy tarmoqlarida muxlislarga yo‘llangan murojaatini e’lon qildi.

Musobaqaning chorak finalida «qaymoqranglilar» «Bavariya»ga har ikkala o‘yinda ham imkoniyatni boy berishdi — 1:2 va 3:4. Myunxenliklar keyingi bosqichda «PSJ» bilan to‘qnash kelishadi.

«Bu (g‘alaba uchun) yetarli bo‘lmadi, lekin biz kurashib, mag‘rur holda musobaqa bilan xayrlashdik. Madridistlar, biz sizni uyatga qoldirganimizni bilamiz, lekin qo‘llab-quvvatlashingiz uchun doim minnatdormiz. Siz loyiq bo‘lgan ajoyib damlar albatta qaytadi. Bizda ushbu mavsumni iloji boricha kuchli tarzda yakunlashdan boshqa chora yo‘q. Yashasin, Madrid!» — deb yozdi futbolchi.

Ispaniya chempionatida «Real» 70 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam «Barselona»dan 9 ochko ortda qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:48. O'qildi: 229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!