Xalqaro boks assosiasiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyovning aytishicha, bu yil IBA tomonidan o‘tkaziladigan Jahon chempionati tashkilot tarixidagi eng yirik musobaqa bo‘ladi.
"Jahon chempionati bo‘yicha e’lonimiz tez orada bo‘ladi. Bu aniq o‘tkaziladi va biz buni IBA tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida o‘tkazmoqchimiz. Biz sportchilar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishga harakat qilamiz - tashkiliy masalada ham, mukofotlar masalasida ham. Aytgancha, mukofot jamg‘armasi ham oshadi, biz tez orada bu haqida e’lon qilamiz", - dedi Kremlyov.