Madridning "Real" klubi futbolchisi Vinisius “El-klasiko”da zaxiraga olinganidan keyin Alonsoga e’tiroz bildirgandi. Futbolchi buning uchun uzr so‘radi.
"Reaksiyam uchun barcha muxlislardan, jamoadoshlarimdan, klubdan va prezidentdan uzr so‘rayman.
Ba’zan g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqim va jamoamga yordam berish istagim meni his-tuyg‘ularimni jilovlay olmaslikka olib keladi. Mening raqobatbardosh fe’lim klubga bo‘lgan muhabbatim sabablidir. “Real” manfaatlari yo‘lida birinchi kundan beri bo‘lgani kabi, har soniya kurashishda davom etishga va’da beraman" - dedi Vinisius.