Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Bishkekda o‘ng rulli avtomobillarning kirishi taqiqlanishi mumkin

Bishkekda o‘ng rulli avtomobillarning kirishi taqiqlanishi mumkin

Qirg‘iziston parlamenti deputati Elmurza Satibaldiyev Bishkekdagi tirbandlik muammosini hal qilish uchun poytaxt hokimligiga o‘ng rulli avtomobillarni taqiqlashni taklif qilmoqda.

Deputatning fikricha, avtomobil haydash madaniyatini oshirish, umumiy qoidalarga amal qilish zarur. Yo‘l harakati qoidalari ruli chap tomonda bo‘lgan transport vositalarining yo‘lning o‘ng tomonida harakatlanishini belgilaydi. Bundan tashqari, transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishni joriy etish muhim ahamiyatga ega. Talablarga javob bermaydigan nosoz avtomashinalar shaharda favqulodda vaziyatlarni yuzaga keltirmoqda, bu esa tirbandlikka ta’sir qilmoqda.

- O‘ylaymanki, shahar hokimligi o‘ng rulli avtomobillarning poytaxtga kirishini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Shahar tashqarisida katta avtoturargohlar quring. Poytaxtga yetib kelgan fuqarolar avtoturargohda mashinalarini qoldirib, jamoat transportida sayohatlarini davom ettirishlari mumkin. Hokimlikka tirbandlikka qarshi kurashda yordam beradigan ushbu g‘oyani ko‘rib chiqishni taklif qilaman, — deya deputat o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

O‘z navbatida, Bishkek hokimi Aybek Junushaliyev o‘ng rulli avtomobil egalari bunday qarorni o‘z huquqlarining buzilishi sifatida qabul qilishlari mumkinligini ta’kidladi.

— Albatta, poytaxtda o‘ng rulli va nosoz avtomobillar kamaytirilsa, vaziyat yengillashgan bo‘lardi. Biroq, fuqarolarning huquqlarini hisobga olish va boshqa qonunlarga muvofiq harakat qilish kerak. Hokimlik bu masalani o‘zi hal qila olmaydi, — deya izoh berdi u.

Kiritildi: 16:42 22.01.2025. O'qildi: 1202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!