Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yevropa komissiyasining Isroil bilan assosiasiya shartnomasining ayrim savdo qoidalarini to‘xtatib turish va XAMASga qarshi sanksiyalar qo‘llash bo‘yicha takliflarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Bu haqda Guterrish ijtimoiy tarmoqda yozdi.
"Men Yevrokomissiyaning Isroil bilan Assosiasiya shartnomasining ayrim savdo qoidalarini to‘xtatib turish va ekstremist vazirlar va zo‘ravon ko‘chmanchilarga, shuningdek, XAMASga qarshi sanksiyalar qo‘llash bo‘yicha takliflarini mamnuniyat bilan qabul qilaman. Qaror endi a’zo davlatlar ixtiyorida", deb yozadi u.
Uning ta’kidlashicha, bu choralar Isroil xalqiga qarshi emas, balki Yevropa Isroil hukumatining G‘azo sektori va G‘arbiy Sohildagi harakatlarini qabul qila olmasligini ko‘rsatishga qaratilgan.
Guterrish, shuningdek, G‘azodagi vaziyatni halokatli va qabul qilib bo‘lmas deb e’lon qilib, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga, insonparvarlik yordamini to‘liq tiklashga va barcha garovga olinganlarni so‘zsiz ozod qilishga chaqirdi.