2024 yilda respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 310,9 ming tonna parranda go‘shti (tirik vaznda) yetishtirilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan 50,9 ming tonna parranda go‘shti fermer xo‘jaliklarida, 63,9 ming tonnasi dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida, 196,1 ming tonnasi esa qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda yetishtirilgan.