Barselona hujumchisi Lionel Messi bir kunning o‘zida majburiyat yuzasidan Italiyaga borib keldi. Uni qisqa, ammo juda muhim uchrashuv kutayotgandi.
Messi 14 yanvar kuni ertalab Italiyaga yo‘l oldi, kunning ikkinchi yarmida esa yana Ispaniyaga qaytdi.
Sportbible , manbasining yozishicha, Messi diyetolog Juliano Pozer bilan uchrashgan. Futbolchi bu mutaxassisga juda ishonadi va ishini yuqori baholaydi, ancha yillardan beri Pozer bilan ishlaydi.
Messi travels to Italy to visit his nutritionist pic.twitter.com/bJGL2MJmOz
2019 (@29ys1) 14 yanvarya 2019 g.
Leo Juliano bilan bundan oldin 2018 yil mayida jahon chempionatidan oldin uchrashgandi.
Ma’lumot uchun, Pozer sportchilarni tayyorlashda gulli terapiyadan foydalanadi. Uning mijozlari sirasiga Messidan tashqari Serxio Aguero va Anxel Di Mariya ham kiradi.