Bugun 17 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

⚡"Bir kunda tugataman" degan Tramp nega ojiz qoldi?

⚡"Bir kunda tugataman" degan Tramp nega ojiz qoldi?

"Trampning Putinga qarshi qo‘lida hech narsa yo‘q".

"Ukrainadagi urushni bir kunda tugataman" deb va’da bergan AQSh prezidenti Donald Tramp hozircha bu vazifani uddalay olmayapti. Tramp o‘z lavozimiga kirishganidan buyon 55 kun o‘tgan bo‘lsa-da, hatto vaqtinchalik tinchlik kelishuviga ham erishilmadi, deb yozmoqda Bild.

Kyoln universiteti siyosatshunosi Tomas Yeger fikriga ko‘ra, Tramp yutqazib qo‘ygan holatga tushib qoldi. "Tramp muzokaralarda o‘z imkoniyatlarini butunlay boy berdi. U o‘z tahdidlari faqat yarim samarali bo‘lishini kutmagan edi. Ukraina yon berdi - bu oson bo‘ldi, chunki Trampning qo‘lida bosim o‘tkazish vositalari bor edi. Ammo (Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir) Putinga qarshi uning qo‘lida hech vaqo yo‘q," - dedi u nemis nashriga bergan suhbatida.

Bundan oldin Tramp intervyularidan birida o‘zining dabdabali va’dasini "kinoyali" ibora sifatida tushuntirishga uringan edi.

"U kinoya so‘zining ma’nosini tushunishiga ishonchim komil emas. Ehtimol, u shunchaki tarafdorlari buni hazil sifatida qabul qilishlariga umid qilayotgandir," deya mulohaza qiladi Yeger.

Siyosatshunos fikricha, RF prezidenti cho‘zilib ketgan muzokaralardan G‘arbni bo‘lib tashlash uchun foydalanmoqda. "Amerikaliklar tez natija xohlashadi, yevropaliklar esa ishonchli natija kutishmoqda. Tramp esa bundan keyin qanday yo‘l tutishni bilmay qolgan," deya qo‘shimcha qildi Yeger.

Kiritildi: 20:38 16.03.2025. O'qildi: 1163 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!