Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

Bir kunda 274 alpinist Everest cho‘qqisiga chiqib, yangi rekord o‘rnatdi

Bir kunda 274 alpinist Everest cho‘qqisiga chiqib, yangi rekord o‘rnatdi

Bir kunda 274 alpinist Everest cho‘qqisiga yetib keldi va bir kunda eng muvaffaqiyatli ko‘tarilishlar bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda Reuters a’borot agentligi ma’lum qildi.

Nepal ekspedisiya operatorlari assosiasiyasi bosh kotibi Rishi Bxandarining so‘zlariga ko‘ra, alpinistlar ochiq ob-havodan unumli foydalanganlar.

"Bu cho‘qqiga bir kunda yetib kelgan eng ko‘p alpinistlar soni", dedi Bxandari.

Everestga Nepalning janubiy tomonidan ham, Xitoyning shimoliy tomonidan ham chiqish mumkin. Bu yil Nepal har biri 15 000 dollarga tushadigan 494 ta Everestga chiqish ruxsatnomasini berdi. Nepal tomonidan bir kunda eng muvaffaqiyatli ko‘tarilishlar bo‘yicha so‘nggi rekord 2019 yilda 223 alpinist tomonidan o‘rnatilgan edi.

Bu yil Everestga chiqish mavsumi asosiy cho‘qqi yo‘nalishi ustida muz qoplanishi xavfi tufayli kech boshlandi. Oy oxiriga kelib, toqqa chiqish mavsumi tugagach, taxminan 494 alpinist 8848 metrlik cho‘qqini zabt etishga urinishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:21. O'qildi: 231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!