Shuningdek, milliarder xayriya tashkiloti faoliyatiga salbiy ta’sir o‘tkazgan xatolar qilganini tan oldi.
The Wall Street Journal tanishgan maktubga ko‘ra, Geyts Epshteyn bilan 2011 yildan boshlab uchrashishni boshlagan. Bu Epshteyn jinsiy xizmatlarni tashkil etganini tan olganidan keyingi davr edi.
Geyts rafiqasi Melinda uning Epshteyn bilan aloqalariga qarshi bo‘lganini bildirib, o‘zining turmushdan tashqari bir rus ayoli va rus yadroviy fizigi bilan munosabatlari bo‘lganini ham tan oldi.
Microsoft asoschisi Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish va jamg‘arma rahbarlarini ushbu jinsiy jinoyatchi bilan uchrashtirish katta xato bo‘lganini qayd etdi. Shu bilan birga, Bill Geyts hech qanday noqonuniy ish qilmaganini ta’kidlab o‘tdi.
2026 yil boshida AQSh Adliya vazirligi moliyachi Jeffri Epshteyn ishiga oid taxminan uch million fayldan iborat yangi hujjatlar to‘plamini e’lon qildi. Ularda Epshteyn bilan muloqot qilgan yuqori lavozimli siyosatchilar, qirollik oilalari a’zolari va biznesmenlar, jumladan Bill Geyts nomi ham tilga olingan.