Germaniyada Rossiya quvurlarini portlatish taklifi bildirildi.
Germaniyaning Bild nashri harbiy tahlilchisi Yulian Ryopke Rossiyadan Yevropa Ittifoqiga olib boruvchi barcha quvurlarni portlatishni taklif etdi. Ryopkening fikricha, Rossiya bu quvurlardan G‘arb mamlakatlariga bostirib kirish va u yerlarga qo‘shin tashish uchun foydalanadi.
"Rossiya bu quvurlardan askarlar va qurol-yarog‘larni G‘arbga o‘tkazish uchun foydalanmoqda. Bu ko‘chma ma’noda emas, balki asl ma’noda," - deya tahlilchi X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Bunday bayonotlarga Rossiyaning Kursk viloyatidagi operasiyasi haqidagi ma’lumotlar sabab bo‘ldi. U yerda harbiylar Ukraina Qurolli Kuchlari jangchilarining orqa tomoniga chiqish uchun magistral quvurdan foydalanishgan.