1. Ajdar (Katta ilon)
"Shunda (Muso tutib turgan) asosini tashlagan edi, banogoh u aso ochiq-rostakam ajdarga aylandi" (“A’rof” surasi, 107-oyat).
2. Tuya
"Axir ular tuyaning qanday yaratilganiga, (ibrat nazari bilan) boqmaydilarmi?!" (“G‘oshiya” surasi, 17-oyat).
3. Chivin
"Alloh chivin yoki undan-da haqir narsalar haqida masal aytishdan hech tortinmaydi", (“Baqara” surasi, 26-oyat).
4. Sigir
"Eslang! Muso o‘z qavmiga: «Albatta Alloh sizlarga bir sigir so‘yishlaringizni buyuradi»,- degan", (“Baqara” surasi, 67-oyat).
5. Xachir
"U Zot yana sizlar minishingiz uchun ziynat qilib otlar, xachirlar va eshaklarni (yaratdi)", (“Nahl” surasi, 8 oyat).
6. Echki
"(Alloh) sakkizta juftni (yaratdi). Qo‘ydan ikkini (ya’ni erkak va urg‘ochini), echkidan ikkini yaratdi", (“An’om” surasi, 143-oyat).
7. Bit
"Bas, biz ularning ustilariga to‘fon (sel), chigirtka, bit, baqa va qon (balolarini bizning qudratimizga dalolat qiladigan) ochiq oyat-mo‘’jizalar qilib yubordik", (“A’rof” surasi, 133-oyat).
8. Maymun
"Orangizdan shanba kunida haddan oshgan kimsalarni bildingiz. Bas, biz ularga: «Badbaxt maymunlarga aylangiz», dedik", (“Baqara” surasi, 65-oyat).
9. To‘ng‘iz
"Albatta U sizlarga faqatgina o‘laksani, qonni, to‘ng‘iz go‘shtini va Allohdan o‘zgaga atab so‘yilgan narsalarnigina harom qildi", (“Baqara” surasi, 173-oyat).
10. Chigirtka
"Go‘yo yoyilgan chigirtkalar kabi qabrlaridan chiqib kelurlar!" (“Qamar” surasi, 7-oyat).
11. Eshak
"Ular (ustiga ortib ko‘yilgan) kitoblarni ko‘tarib ketayotgan eshakka o‘xshaydi", (“Jum’a” surasi, 5-oyat).
12. Pashsha
"Allohni qo‘yib iltijo qilayotgan butlar agar barchalari birlashganlarida ham xatto bir dona pashshani yarata olmaslar", (“Haj” surasi, 73-oyat).
13. Baqa
"Bas, biz ularning ustilariga to‘fon (sel), chigirtka, bit, baqa va qon (balolarini bizning qudratimizga dalolat qiladigan) ochiq oyat-mo‘’jizalar qilib yubordik", (“A’rof” surasi, 133-oyat).
14. Hudhud
"U qushlarni ko‘zdan kechirib (ularning orasida hudhudga ko‘zi tushmagach): "Nega men hudhudni ko‘rmayapman, balki u (mendan beizn) g‘oyib bo‘lguvchilardandir?!", (“Naml” surasi, 20-oyat).
15. Asalari
"(Ey Muhammad alayhissalom), Parvardigoringiz asalariga vahiy-amr qildi", (“Nahl” surasi, 68-oyat).
16. Qo‘y
"Darvoqe’, mana bu mening birodarim bo‘lib, uning to‘qson to‘qqiz sovliq qo‘yi bor, mening esa birgina sovlig‘im bordir", (“Sod” surasi, 23-oyat).
17. It
"Bas, uning misoli xuddi bir itga o‘xshaydiki, uni haydasang ham tilini osiltirib turaveradi yoki (o‘z holiga) qo‘ysang ham tilini osiltirib turaveradi", (“A’rof” surasi, 176-oyat).
18. Sher
"Nega ular xuddi sherdan qochgan yovvoyi eshaklarga o‘xshab bu Eslatmadan – Qur’ondan yuz o‘giradilar-a?!" (“Muddassir” surasi, 51-oyat).
19. Fil
"Parvardigoringiz fil egalarini qanday (halok) qilganini ko‘rmadingizmi?" (“Fil” surasi, 1-oyat).
20. Nahang baliq
"Bas, uni (Parvardigorining iznisiz o‘z qavmini tashlab chiqib ketgani sababli) malomatga loyiq bo‘lgan holida bir nahang baliq yutib yubordi", (“Soffat” surasi, 142-oyat).
21. Qarg‘a
"So‘ngra Alloh unga birodarining murdasini qanday ko‘mishni ko‘rsatish uchun yer titadigan bir qarg‘a yubordi", (“Moida” surasi, 31-oyat).
22. O‘rgimchak
"Allohdan o‘zga "do‘stlar"ni ushlagan kimsalarning misoli xuddi (o‘zi uchun) uy qurib olib, (o‘sha uyidan panoh istagan) o‘rgimchakka o‘xshaydi", (“Ankabut” surasi, 41-oyat).
23. Bo‘ri
"Men, sizlar g‘aflatda qolib, uni bo‘ri yeb ketishidan qo‘rqurman", (“Yusuf” surasi, 13-oyat).
24. Ot
"Ular(ga qarshi jang qilish) uchun imkoningiz boricha kuch va egarlangan otlarni tayyorlab qo‘ying", (“Anfol” surasi, 60-oyat).
25. Chumoli
"To ular chumolilar vodiysiga yetgan vaqtlarida", (“Naml” surasi, 18-oyat).
26. Qush
"U Zot ularning ustiga sopoldan bo‘lgan toshlarni otadigan to‘p-to‘p qushlarni yubordi", (“Fil” surasi, 3-oyat).
27. Kapalak
"U Kunda odamlar to‘zg‘itib yuborilgan kapalaklar kabi bo‘lib qolurlar!" (“Al Qori’a” surasi, 4-oyat).
28. Yovvoyi eshak
"Nega ular xuddi sherdan qochgan yovvoyi eshaklarga o‘xshab bu Eslatmadan – Qur’ondan yuz o‘giradilar-a?!" (“Muddassir” surasi, 50-oyat).
Manba: azon.uz