Kecha Ispaniya chempionati 26-turidan o‘rin olgan o‘yinda "Betis" o‘z maydonida "Real"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Yashillar" chempionlik uchun kurashayotgan raqibini mag‘lub etib, "matraschilar" va "ko‘k-anorranglilar"ga yuqorilash uchun imkoniyat yaratib berdi va rahmat shart emas degan ma’noda post joyladi.
"Arzimaydi, "Atletiko Madrid" va "Barcelona", - deyiladi postda.