Boks bo‘yicha sobiq mutlaq jahon chempioni (79,4 kg gacha) Artur Beterbiyev hamyurti Dmitriy Bivol bilan uchinchi jang haqidagi muzokaralar samarasiz tugagani haqida gapirdi.
"Saudiyaliklar umuman aybdor emas. Ular jangni xotirjamlik bilan rossiyalik tashkilotchilarga berib qo‘yishdi. Mening o‘zi guvohman — uchinchi jang bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlar ishlatildi. Lekin Bivolning tarafi bu jang amalga oshmasligi uchun barcha ishni qildi. Keyin esa ko‘rdik: ta’tildan fotolar, operasiyadan keyin palatadagi suratlar va hokazo", — dedi Beterbiyev.