Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Beshta davlat isroillik vazirlarga qarshi sanksiyalar kiritdi

Beshta davlat isroillik vazirlarga qarshi sanksiyalar kiritdi

Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va Norvegiya Isroil moliya vaziri Besalel Smotrich va milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirga nisbatan sanksiyalar joriy qildi, deya xabar beradi jahon agentliklari 10 iyun, seshanba kuni. Buning sababi sifatida «Iordan daryosining G‘arbiy sohilida falastinliklarga qarshi zo‘ravonlikka undash» ko‘rsatilgan.

«Biz ikki davlat qaroriga sodiqmiz, bu isroilliklar va falastinliklarning xavfsizligi va qadr-qimmatini kafolatlash va mintaqada uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlashning yagona yo‘li, ammo u ekstremistik ko‘chmanchilar zo‘ravonligi va aholi punktlarining kengayishi tahdidi ostida», — deyiladi Britaniya Tashqi ishlar vazirligi saytida e’lon qilingan qo‘shma bayonotda.

«Itamar Ben-Gvir va Besalel Smotrich falastinliklarga nisbatan ekstremistik zo‘ravonlik va jiddiy inson huquqlari buzilishiga undagan. Falastinliklarni majburiy ko‘chirish va Isroilning yangi aholi punktlari barpo etilishini targ‘ib qiluvchi ekstremistik ritorika dahshatli va xavflidir. Bu harakatlarni qabul qilib bo‘lmaydi», — deya ta’kidlaydi mualliflar.

Ular Isroil hukumatini «xalqaro huquq bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga hamda ekstremistik, zo‘ravonlik va ekspansionistik ritorikaga barham berish uchun muhim choralar ko‘rishga» chaqirmoqda.

Kiritildi: 06:30 12.06.2025. O'qildi: 1017 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!