Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Berlinda 4 ta Tesla avtomobili yonib ketdi

Berlinda 4 ta Tesla avtomobili yonib ketdi

Polisiya siyosiy sabablarga ko‘ra o‘t qo‘yishni istisno qilmaydi

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, amerikalik milliarder Ilon Maskga tegishli Tesla kompaniyasining to‘rtta elektromobili Berlinning turli hududlarida yarim soat ichida yonib ketgan. Ish Berlin jinoiy polisiya boshqarmasi tarkibiga kiruvchi va siyosiy motivli jinoyatlar uchun javobgar bo‘lgan Davlat xavfsizlik departamenti tomonidan tergov qilinmoqda.

Berlin chekkasidagi Tesla zavodi, shuningdek, unga olib boruvchi elektr uzatish liniyalari so‘nggi yillarda bir necha bor hujumlar nishoniga aylangan, deya qayd etadi Die Zeit. Nashrning qo‘shimcha qilishicha, Ilon Mask AQSh prezidenti Donald Tramp uchun ishlay boshlaganidan beri unga nisbatan tanqidlar kuchaygan.

Kiritildi: 23:51 14.03.2025. O'qildi: 473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!