Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Berbok: "BMTsiz Ukraina yoki G‘azoga eng kichik yordamni ham amalga oshirib bo‘lmasdi"

Berbok: "BMTsiz Ukraina yoki G‘azoga eng kichik yordamni ham amalga oshirib bo‘lmasdi"

Birlashgan Millatlar Tashkilotining tanqidiga qaramay, tashkilot insonparvarlik yordamini yetkazib berish va inqirozlarni boshqarishda muhim rol o‘ynashda davom etmoqda.

Bu haqda BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi prezidenti Annalena Barbok Oliy darajadagi haftalik oldidan jurnalistlarga shunday dedi.

"Tasavvur qiling-a, agar BMT mavjud bo‘lmaganida, na Ukraina, na G‘azo hozirda mavjud bo‘lgan kichik miqdordagi yordamga ega bo‘lmas edi", - deya ta’kidladi Berbok.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sessiyaning asosiy mavzularidan biri BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilish bo‘yicha muhokamalar bo‘ladi.

Berbok bu yo‘nalishdagi taraqqiyot ko‘p yillar davomida qiyin bo‘lganini tan oldi, biroq u kichik, ammo izchil qadamlar tashlashni davom ettirish zarur, deb hisoblaydi.

Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolarga ishora qilib, sessiya prezidenti optimizm bildirdi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Myanmadagi musulmon ozchilik va boshqa jamoalar duch kelayotgan inqiroz, shuningdek, inson huquqlarining buzilishi Bosh Assambleyaning diqqat markazida bo‘lib qolmoqda. Berbok, shuningdek, yadro qurolini butunlay yo‘q qilishga bag‘ishlangan bo‘lajak tadbir xalqaro keskinlik kuchayib borayotgan bir sharoitda ayniqsa ahamiyatli ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 08:45. O'qildi: 296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!