Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Benzema: "Real"ga qaytishga tayyorman"

Benzema: "Real"ga qaytishga tayyorman"

"Al-Ittihod" hujumchisi Karim Benzema kelajakda Madridning "Real" klubiga qaytish niyatini ochiq-oydin bildirmoqda.

Fransiyalik futbolchi 2023 yilda Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishidan oldin 14 yil davomida "qaymoqranglilar" safida to‘p tepgan. 37 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan.

"Futbolchilik faoliyatimni tugatganimdan so‘ng, futbol olamiga yaqin bo‘lishni istardim. Ha, Florentino Peres bilan birga. Albatta, men "Real"ga qaytishga tayyorman, nega endi yo‘q?" - dedi fransuz hujumchisi.

Kiritildi: 13:00 03.03.2025. O'qildi: 1534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!