"Al-Ittihod" hujumchisi Karim Benzema yaqinda faoliyatidagi 500-golini urdi. Fransiyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionati 1-turidan o‘rin olgan "Al-Ohdud"ga qarshi o‘yinda (5:2) xet-trik qayd etdi. 37 yoshli futbolchining ikkinchi goli uning klublar va terma jamoalardagi professional faoliyatidagi 500-goli bo‘ldi. Shu tariqa, forvard hozircha 961 ta o‘yinda 501 ta gol urgan.
Karim Benzema faoliyatini "Lion"da boshlagan, uning asosiy jamoasida 2004 yildan 2009 yilgacha o‘ynagan, shundan so‘ng Madridning "Real" klubiga o‘tgan. "Qaymoqranglilar" safini 2023 yilda tark etgan futbolchi hozirgi klubi "Al-Ittihod" bilan shartnoma imzolagan.